Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish faktlarini aniqlash va ularga chek qo‘yish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, joriy yilning 24 iyul kuni soat taxminan 09.45larda Yunusobod tumanida o‘zini shubhali tutgan 2001 yilda tug‘ilgan Artyom Sh. to‘xtatib xolislar ishtirokida tekshirilganda, yonidan 14 dona o‘ramda og‘irligi 1.21 gramm bo‘lgan “geroin” giyohvandlik vositasi aniqlangan. Aniqlangan giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan va tegishli hujjatlar bilan tergovga taqdim etilgan.
Mazkur holat yuzasidan Artyomga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.