13 May 2024 Yil 1154

Aholi murojaatiga eʼtibor

Xalq dardi bilan yashash, ularning muammolarini o‘rganish va o‘z vaqtida hal qilish borasida aholi bilan muloqot tizimini yana-da takomillashtirish bo‘yicha joylarda vazirlik idoralar, sektorlar rahbarlari tomonidan sayyor qabullar o‘tkazilishi belgilangan.


Toshkent shahar IIBB va tumanlar IIO FMB rahbariyati tomonidan muntazam ravishda fuqarolar qabullari tashkillashtirib kelinmoqda.


O‘tgan bir hafta davomidagi qabullar jarayonida  42 nafar fuqarodan turli mavzulardagi murojaatlar kelib tushdi. Ular ijtimoiy himoya, ishga kirish, tergov-surishtiruv, pasport-viza, mol-mulk va pul mablag‘larini undirish, svetofor va yo‘l belgilarini o‘rnatish, xizmatni o‘tash va xodimning ijtimoiy himoyasi kabilarni tashkil etdi.


Murojaatlarni o‘rganish natijasida ularning 27 tasi joyida ijobiy hal etildi, 11 tasi yuzasidan malakali huquqiy maslahatlar berildi, 4 tasining ijrosi nazoratga olindi.


Murojaatchilar ko‘rilgan choralar, ko‘rsatilgan huquqiy yordam va tushuntirishlardan qoniqish hosil qilganliklarini bildirdilar. Bu kabi muloqotlar davomiy o‘tkazib boriladi, holbuki ular ko‘plab muammolarga o‘z vaqtida yechim topish imkonini beradi.

Barcha yangiliklar

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: