12 Dekabr 2024 Yil 478

Amaliyot bilimlar ko‘rsatkichi

Nazariy bilimlar amaliyotda mustahkamlansagina o‘z samarasini beradi. Tajribali, malakali ustoz-murabbiylar talabalarning bilimlarini amalda qo‘llashlarini nazorat qila borib, yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklarni bartaraf etish lozim. Shu birga ish ko‘rsatkichlar sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli yo‘l-yo‘riqlar berib, bo‘lajak mutaxassislarning sohani mukammal egallashlarida murabbiylar muhim o‘rin tutadi. Poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasida o‘tkazilgan yig‘ilish O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish akademiyasining bakalavriat taʼlim shakli: “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash” yo‘nalishi bo‘yicha o‘qiyotgan 3-kurs talabalarining dual taʼlim shaklida ish o‘rganishi bo‘yicha amaliyot o‘tashlarini yuqori saviyada tashkillashtirish masalalariga bag‘ishlandi. Bo‘lajak huquq-tartibot posbonlari joriy yilning 10 dekabr kunidan 2025 yilning 10 yanvar kuniga qadar poytaxt IIBB tumanlari IIO FMBlarida amaliyot o‘tashadi. Yig‘ilganlarga talabalarning amaliyoti IIVning normativ-huquqiy hujjatlari hamda malakaviy amaliyot dasturi asosida o‘tkazilishini nazoratini amalga oshirish vazifasi qo‘yildi. Shuningdek, amaliyotchi talabalarga katta tajribaga ega bo‘lgan xodimlar murabbiy sifatida biriktirilib, bilim va ko‘nikmalarini oshirishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish lozimligi tushuntirildi. Biriktirilgan murabbiylarning masʼuliyatini oshirish, talabalarning ota-onalari va ichki ishlar organlari faxriylari bilan uchrashuvlar o‘tkazish va amaliyot bilan bog‘liq boshqa qator chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.

Barcha yangiliklar

Text to speech