6 Avgust 2024 Yil 1499

Shayxontohur tumani 3-sektor hududida yashovchi yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv

Kuni kecha Shayxontohur tumanidagi uchinchi sektorga biriktirilgan Sarxumdon mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Ochiq muloqotda sektor rahbari polkovnik Otabek Jamolov yosh avlod vakillarining muammo va murojaatlarini tingladi.


Ular asosan ishga joylashish, o‘zini o‘zi band qilish, o‘qish va safarbarlik chaqiruv rezervi to‘lovini to‘lash, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun bank kreditlari bilan bog‘liq bo‘ldi. Masalan, uchrashuv davomida Yangishahar mahallasida yashovchi 18 yoshli Azimov Mahkam oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lganligi sababli safarbarlik chaqiruv rezervi to‘lovini to‘lab berishda amaliy yordam so‘radi. Shuningdek, Ilg‘or mahallasida yashovchi 20 yoshli Shakirov Iskandar oliy taʼlim muassasasi o‘quv kontraktini bir qismini to‘lashda amaliy yordam so‘radi.


Murojaat qilgan yoshlarning masalalari yoshlar yetakchilari va tuman Vasiylik kengashi bilan hamkorlikda ijobiy hal etildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech