11 Avgust 2024 Yil 821

Abdumalik Xalakov chempion!

Toshkent shahar IIBB xodimi leytenant Abdumalik Xalakov Parij-2024 Olimpiadasi g'olibiga aylandi. U boksning -57 kg vazn toifasida qirg'izistonlik Munarbek Seiitbek Uuluni 5:0 hisobida mag'lub etdi.


O'zbekiston bayrog'ini baland ko'targan safdoshimizni Toshkent shahar IIBB rahbariyati hamda butun shaxsiy tarkib nomidan tabriklaymiz.


Ma'lumot uchun, Abdumalik Xalakovning finaldagi raqibi Munarbek Seiitbek Uuluga sekundantlik qilayotgan o'zbekistonlik murabbiy Akmal Hasanov Qirg'iziston nomidan  “Chingiz Aytmatov” medali bilan taqdirlandi.


Parij-2024 Olimpiadasida ishtirok etayotgan barcha sportchilarimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

Barcha yangiliklar

Text to speech