28 Avgust 2023 Yil 1100

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Qatag‘on qurbonlari – istiqlol fidoyilari” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi bosh ilmiy xodimi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Bahrom Irzayev maʼruza qildi. U o‘z nutqida, tarixini yodda tutmaydigan, muhim hayotiy haqiqatlarning mazmun-mohiyati hamda maʼnosini anglay olmaydigan xalqning kelajagi yo‘qligini, shuningdek Vatan ozodligi va mustaqilligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarning bukilmas irodasi va matonatiga ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun muqaddasligini alohida taʼkidlab o‘tdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech