1 Sentyabr 2023 Yil 1349

Hurmatli poytaxtimiz aholisi va mehmonlari, hamkasblar, ichki ishlar organlari faxriylari, xizmat burchini ado etish vaqtida qahramonlarcha halok bo‘lgan xodimlarning yaqinlari!

Sizlarni, Mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rahbariyati va shaxsan o‘zimning nomimdan samimiy muborakbod etaman!

Yurtimizda xalqchil va demokratik tamoyillarga asoslangan holda «Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!» degan bosh g‘oya asosida erkin fuqarolik jamiyati barpo etilmoqda. Shu maqsadda avvalo bebaho boyligimiz bo‘lgan tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga alohida e'tibor qaratmoqdamiz hamda kelgusida ham yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini qo‘riqlash, mustaqillik yutuqlarini mustahkamlash yo‘lida astoydil xizmat qilamiz. Davlatimiz rahbari, IIV hamda xalq ishonchini oqlagan holda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, Vatanimiz poytaxtida jamoat xavfsizligini ta'minlash bilan bog‘liq burchimizni fidokorona ado etishda davom etamiz. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!  

Sizlarga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat, xalq va Vatan farovonligi yo‘lidagi xizmatingizda zafarlar tilayman. Yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin! 

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i general-mayor Aziz Tashpulatov

Barcha yangiliklar

Text to speech