4 Sentyabr 2024 Yil 1474

Toshkent shahar IIBBda “Eng yaxshi tergovchi” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBBda xizmat qilayotgan xodimlarning maʼnaviy-axloqiy saviyasini muntazam ravishda oshirib borish, ularning faoliyatini rag‘batlantirish, o‘z kasbining fidoyilarini aniqlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Kuni kecha bosh boshqarmada “Eng yaxshi tergovchi” anʼanaviy ko‘rik-tanlovining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlarida xizmat qilayotgan tergovchi va surishtiruvchilar o‘zaro bellashdi.

Xodimlar jismoniy va maxsus tayyorgarlik, kasbiy bilim va mahorat yo‘nalishi bo‘yicha sinovdan o‘tkazildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra birinchi o‘rin poytaxt IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi Tergov va surishtiruv faoliyatini tashkil etish bo‘limimi katta tergovchisi, mayor Sayfullo Fayziyevga berildi. Ikkinchi o‘rin Uchtepa tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tergovchisi, katta leytenant Bekjon Kuzibayevga nasib etdi. Uchinchi o‘rinni Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB Tergov bo‘limi katta tergovchisi, katta leytenant Sitora Raximova egalladi.

G‘oliblarga esdalik sovg‘alari va tegishli diplomlar topshirildi. Mayor S. Fayziyev tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 


Barcha yangiliklar

Text to speech