Tashkilot va korxonalar rahbarlari diqqatiga!

Toshkent shahar IIBB tomonidan e’lon qilinadigan tender tanlovlarida tanlov shartlariga javob beradigan va talab qilingan hajmdagi tovarlarni yetkazib berishda tajribaga ega bo‘lgan mahalliy ishlab chiqaruvchilar (yetkazib beruvchilar), kichik bIznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hamda xorijiy kompaniyalar ishtirok etishlari mumkin.

Toshkent shahar IIBB tender shartlari va muddatlari haqida OAV hamda boshqarmaning rasmiy “iibb.uz” veb-sahifasi orqali e’lon qiladi.

Tender tanlovida qayta tashkil bo‘lish, faoliyatini tugatish yoki bankrotlik holatida turgan, ko‘rsatilgan muddatda zarur hujjatlarni taqdim etmagan, avvalgi imzolangan shartnomalar bo‘yicha buyurtmachi talablarini bajarmagan, tanlov e’lon qilingan kunda tashkil etilganiga 6 oy to‘lmagan, buyurtmachi bilan sudlashayotgan yoki nizoda bo‘lgan, tijorat va moliyaviy holati tanlov komissiyasi talablariga javob bermaydigan tashkilot va firmalar ishtirok etolmaydi.

Tender tanlovida ishtirok etish uchun zarur hujjatlar va qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun Toshkent shahar, S. Azimov ko‘chasi, 87-uy, Toshkent shahar IIBBning Axborot texnologiyalari, aloqa va axborot xavfsizligi bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.

Telefon: (+99871) 281-95-20, faks: 281-94-15. E-mail: it@guvd.uz