Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
ИИББ янгиликлари:
Ўтган ҳафта давомида ЙҲҚ бузилганлиги билан боғлиқ 11 609 та фактлар ЙПХ инспекторлари томонидан қайд этилди
  • Шошилинч хабарлар учун: 102

IIBB sun’iy notekisliklarning texnik talablari va uni qanday yo‘llarga o‘rnatish mumkin emasligiga oydinlik kiritdi

IIBB sun’iy notekisliklarning texnik talablari va qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlariga oydinlik kiritdi. Boshqarma matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, “Avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot instituti” unitar korxonasi tomonidan “Sun’iy notekisliklar. Umumiy texnik talablar. Qo‘llash tartibi” nomli O‘zbekiston davlat standarti ishlab chiqilgan.

Ushbu standart GOST R 52605 (RF) asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, Yaponiya, AQSh, Finlyandiya, Daniya va Shvetsiya yo‘llaridagi ovoz chiqaruvchi yo‘laklardan foydalanish tajribasi ham inobatga olingan. Hujjat O‘zbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2019-yil 1 iyuldagi №05-1046-son qarori bilan tasdiqlangan.

Hujjatga ko‘ra, sun’iy notekislik — yo‘l qismida yo‘l o‘qiga perpendikulyar tarzda joylashgan, tezlikni majburiy pasaytirish uchun mo‘ljallangan maxsus balandlikdir.

Sun’iy notekisliklar (SN) transport vositalari tezligini ruxsat berilgan 40 kilometr/sekund ko‘rsatkichigacha pasaytirish uchun yo‘llarning alohida joylarida o‘rnatiladi.

SNning konstruksiyasi ishlab chiqarish texnologiyasidan kelib chiqqan holda yaxlit va yig‘ma turlarga bo‘linadi. SN uzunligi yo‘lning enidan kalta bo‘lishi mumkin emas (har ikkala tomonda 0,2 metrdan ortiq bo‘lmagan cheklanish bo‘lishi joiz).

Joylarda SN o‘rnatish uchun yo‘l hududida oqova ariq tashkillashtirish zarur. Bundan tashqari, haydovchilar sun’iy notekisliklar haqida yo‘l belgilari yordamida oldindan ogohlantiriladilar.

Yaxlit konstruksiyalarga qo‘yiladigan talablar

Sun’iy notekisliklarning yaxlit konstruksiyalari asfalt-betondan ishlangan bo‘lib, ikki xil — to‘lqinsimon va trapetsiyasimon bo‘lishlari mumkin:

Sun’iy notekislik turi harakat yo‘lida suvning oqib ketishi yo‘nalishidan hamda yaqin atrofda yomg‘ir to‘plovchi quduqlar borligidan kelib chiqib tanlanadi.

Bundan tashqari, sun’iy notekislik xususiyatlari (balandlik, uzunlik, og‘ishganlik darajasi) yo‘ldagi hududda maksimal mumkin bo‘lgan va yo‘l belgisida ko‘rsatilgan tezlikni inobatga olishlari zarur.

Sun’iy notekisliklarga qo‘yiladigan alohida talablar relssiz transport vositalarining muntazam harakati amalga oshiriladigan yo‘llarda taklif etiladi.

Yig‘ma konstruksiyalar

Sun’iy notekisliklarning yig‘ma konstruksiyasi bir qator bir qolipdagi geometrik muvofiq bo‘lgan asosiy va chekka elementlardan iborat. Ushbu turdagi sun’iy notekisliklar elementlarining o‘lchami ruxsat etilgan maksimal tezlik cheklovi talabidan kelib chiqqan holda tanlanadi. Shuningdek elastik jismdan tayyorlangan sun’iy notekislik qattiqligi ko‘rsatkichlari, SNga tungi vaqtda ko‘rinuvchanlikni ta’minlash uchun yorug‘lik qaytaruvchi elementlar yotqizilishi hamda yorug‘lik qaytaruvchi elementlar yemirilgandan so‘ng ularni o‘z vaqtida almashtirishni ta’minlash belgilangan.

Konstruksiyada yo‘l qoplamasini montaj va demontaj qilish, shuningdek, uning ba’zi element va qismlarini almashtirish imkoniyati nazarda tutilgan bo‘lishi kerak.

(a – bitta asosiy va chekka elementlardan iborat sun’iy to‘siq; b - ikkita asosiy va chekka elementlardan iborat sun’iy to‘siq)

Sun’iy notekisliklarning holatini nazorat qilish ehtiyoji alohida qayd etildi. O‘yiq, yorilish va boshqa turdagi futurlar bor-yo‘qligi muntazam ravishda tekshiriladi. Kamchilik topilganda uni bartaraf qilish muddati uch kundan oshmasligi kerak.

Sun’iy notekisliklarni qo‘llash qoidalari:

Sun’iy notekisliklarni asfalt-beton va sement-beton qoplamalarga ega yo‘llarda o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Sun’iy notekisliklarni quyidagi joylarda o‘rnatish mumkin:

  • bolalar va yoshlar ta’lim-tarbiya muassasalari yonida tartibga solinmagan yer usti piyodalar yo‘lakchalaridan 10-15 metr oldinroq;
  • avariyaviylik sabablari tahliliga ko‘ra yo‘llarning ma’lum qismlarida, ayniqsa, bolalar va yoshlar ta’lim-tarbiya muassasalari oldidagi xavfli hududlar boshida, bolalar maydonchasi, jamoat dam olish joylarida, stadionlar, vokzallar, do‘kon va piyodalar jamlanadigan boshqa obyektlar oldida;
  • 3.24 “Yuqori tezlik cheklangan”, 5.38 “Turar joy dahasi” yo‘l belgilari tomonidan o‘rnatilgan 40 kilometr/sekundgacha tezlik cheklovi joriy qilingan yo‘llarning xavfli joylari oldida;
  • kesib o‘tiladigan yo‘l bo‘yicha yaqinlashayotgan, transport vositalar ko‘rinuvchanligi ta’minlanmagan tartibga solinmagan chorrahalar oldida, 2.5 “To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlangan” belgisidan 30 metrdan 50 metrgacha masofada;
  • 1.21 “Bolalar” belgisining amal qilish hududi bo‘ylab har 50 metr masofada.

Shuningdek sun’iy notekisliklar o‘rnatish mumkin bo‘lmagan yo‘l hududlari belgilandi. Xususan, ro‘yxat quyidagilardan iborat: xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar, yo‘laklar soni 4 va undan ortiq bo‘lgan respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan yo‘llar (aholi soni 1000 kishidan ortiq bo‘lgan qishloq va shaharlar bo‘ylab o‘tgan yo‘llardan tashqari); jamoat transporti to‘xtash maydonchalari yoki ularga qo‘shni harakat yo‘laklarida; ko‘priklar, ko‘prik yo‘llar, osma ko‘priklar, tunnellar va ko‘prik osti yo‘llarida; shaharlardagi tezlikda harakatlanish magistral yo‘llarida va umumshahar ahamiyatiga ega to‘xtovsiz harakat magistral ko‘chalarida; shifoxonalarga, tez tibbiy yordam bekatlariga, yong‘in xavfsizligi bekatlariga, avtobus va trolleybus xiyobonlariga, garaj va turargoh maydonchalariga kirish yo‘llarida.

Ovoz chiqaruvchi bo‘ylama yo‘laklar

Ovoz chiqaruvchi yo‘lak — bu yo‘l qoplamasi ustidagi va bo‘ylama yo‘laklar ko‘rinishidagi sun’iy notekisliklar ko‘rinishiga ega bo‘lgan (chuqur yoki balandlik) yo‘l harakatini tashkillashtirish vositasidir. Ushbu vosita haydovchini yo‘lning xavfli qismiga yaqinlashayotgani haqida ogohlantirish uchun transport vositalarining ilmoq qismlarini titratish va g‘ildiraklar aylanishi shovqinini oshirish xususiyatiga ega.

Ovoz chiqaruvchi bo‘ylama yo‘laklarni hujjat bilan belgilangan bir qator sifatlarga ega ikki yo‘lakli yo‘lning o‘qi bo‘ylab va yo‘lning chekka qismiga o‘rnatish mumkin.

Ovoz chiqaruvchi bo‘ylama yo‘laklarni ko‘priklar, ko‘prik yo‘llar va ularga chiqaruvchi yo‘llarda, yo‘llar qisqaradigan joylarda, quvib o‘tish mumkin bo‘lgan ikki yo‘lakli yo‘llar hududida, kesishma va tutashuvlarda, shuningdek, chorraha chegarasidan 10 metrdan kam bo‘lgan masofada, yo‘llarning ovoz chiqarish bo‘yicha cheklovga ega bo‘lgan hududlarida o‘rnatish mumkin emas.

Ovoz chiqaruvchi bo‘ylaba yo‘laklar frezalash usuli bilan tayyorlanib, eni 0,2 dan 0,4 metrgacha bo‘lgan va uzunligi 0,1 dan 0,2 metrgacha bo‘lgan alohida birin-ketin elementlardan tashkil topgan bo‘lishi kerak. Elementlar chuqurligi 1 dan 2 smgacha bo‘lishi lozim. Qo‘shni elementlar o‘qlari orasidagi masofa ikki element uzunligidan kam va 1,2 metrdan ko‘p bo‘lmasligi kerak.

“Sun’iy notekisliklar va ularni hujjatga muvofiq o‘rnatish bo‘yicha tasdiqlangan davlat standarti yo‘l harakati xavfsizligini keskin oshirishga imkon yaratadi”, — deyiladi IIBB xabarida.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech