Buxoro IIB xodimlari Toshkentda malaka oshirdi (foto)

Buxoro IIB boshlig‘i polkovnik Shuhrat Aliyev boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent shahri Olmazor tumani 2-sonli IIBga bo‘lim faoliyati bilan tanishish va tajriba almashish uchun keldi. Bu haqda Buxoro IIB jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi “Daryo”ga xabar berdi.

Olmazor tumani 2-sonli IIB binosi yangidan barpo etilgan, xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bo‘limga tashrif buyurganida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar bergan.

Bo‘lim xizmat ko‘rsatadigan ma’muriy hududda 3 smenadan iborat bo‘lgan xizmat tashkil etilgan. Hududda profilaktika inspektorlari, yo‘l harakati xavfsizligi, patrul-post xizmati va boshqa xizmat sohalari xodimlarining hamkorlikdagi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Buxoro IIB ishchi guruhi kunduzi va tungi vaqtda xizmatni to‘g‘ri tashkil etish, xizmat sohalari o‘rtasida hamkorlik muhitini mustahkamlash borasida Olmazor IIB tajribasini o‘rganib, bu borada bajarilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni belgilab oldi.

Foto: Buxoro IIB jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi

Foto: Buxoro IIB jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi

Foto: Buxoro IIB jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi

Foto: Buxoro IIB jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi

Manba : daryo.uz