Toshkent yoʻllarida 4 kechada 1 698 ta qoida buzildi

24-27 avgust kunlari tungi vaqtda oʻtkazilgan profilaktik chora-tadbirlar natijasida Toshkent shahrida 1 698 ta yoʻl harakati qoidalarining buzilishi holatlari qayd etildi. Jumladan 53 nafar haydovchi mast holatda mashina boshqargan boʻlib, ularning orasida 39 yoshli I.Nafosat (“Lasetti”, 01 J 130 WA), 30 yoshli R.Nargiza (“Spark”, 01 S 822 YA), 44 yoshli R.Otabek (“Neksiya-3”, 01 708 HFA), 28 yoshli X.Elyorjon (“Matiz”, 01 Y 807 PA) va 27 yoshli R.Baxtinur (“Spark”, 01 E 842 OA) bor.

63 haydovchi esa transport vositasini tegishli hujjatlarsiz boshqargani maʼlum boʻldi. 11 haydovchi esa tegishli ruxsatnomasiz mashina oynalarini qoraytirgani aniqlandi. 30 yoshli M.Xaitmat (“Lasetti”, 01 838 ZEA) va R.Asatulla (“Spark”, 01 Y 765 ZA) shular jumlasidan.

3 nafar haydovchi YPX xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan. 30 nafari esa svetoforning qizil chirogʻiga boʻysunmagan. Shuningdek, 188 haydovchi yoʻl belgilariga amal qilmagan boʻlsa, 524 nafari xavfsizlik kamarlarini taqmagan.

Hurmatli haydovchilar! Toshkent shahar IIBB barchani yoʻl harakati qoidalariga amal qilishga chaqiradi. Yoʻllarda ehtiyot boʻling va bir-biringizni hurmat qiling!