29 oktabrdan 5 noyabrgacha bo’lgan 8 kun ichida YHXB xodimlari 3251 marta yo’l harakati qoidalari buzilganlik holatlarini qayd etishdi

1075 ta qoidabuzarlik haydovchilar xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qayd etildi. 8 kun ichida YPX inspektorlari 115 nafar haydovchilar tegishli hujjatlarsiz avtomobil boshqarganliklarini aniqlashdi. Ular qatorida: majburiy sug’urta polisi bo’lmagan 33 yoshli Dilshod R. (“Mersedes-Benz” avtomobili, davlat raqami 01 Z 359 XA), haydovchilik guvohnomasi va talonisiz avtomobil boshqargan 20 yoshli Saloxiddin T. (“Nexia-3, davlat raqami 30 W 021 OA”) va 32 yoshli Aziz D. (“Spark”, davlat raqami 01 R 793 MA). 46 kishi spirtli ichimlik ta’siri ostida transport vositasini boshqargan.  “Epica” avtomashinasini boshqargan 37 yoshli Doniyor X. (davlat raqami 01 Н 713 АВ) va “Lacetti” rusumli mashinani boshqargan (davlat raqami 01 778 ТТЕ) 42 yoshli Igor S. shular qatoridan.

Bundan tashqari, 29 oktabrdan 5 noyabrgacha YPX inspektorlari 51 ta avtotransport boshqaruvi davomida mobil telefondan foydalanilgan holatlarini, 58 ta svetoforning taqiqlovchi signaliga o’tib ketilganlik holatlarini va 17 ta tegishli ruxsatsiz oynalari qoraytirilgan avtotransportlarni aniqlashdi.

Sakkiz nafar haydovchilar YPX inspektorining to’xtash to’g’risidagi belgisiga bo’ysinishmagan. Ulardan biri – “Nexia-3” avtomobilida harakatlangan 21 yoshli Javoxir A. (davlat raqami 01 Е 171 ВВ).

Nihoyat, O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 129 moddasiga (“Transport vositalari haydovchilarining yo’l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi guruh bo’lib harakat qilishda qatnashishi”) asosan 6 nafar haydovchilarga nisbatan ma’muriy choralar ko’rildi. Ular qatorida: 27 yoshli Farhod X. (“Range Rover”, davlat raqami 01 Ч 722 WА), 38 yoshli Miraziz E. (“Range Rover”, davlat raqami 01 С 421 СВ), 26 yoshli Shaxzodbek A. (“Mersedes-Benz”, davlat raqami 01 W 441 АВ), 38 yoshli Yusufjon A. (“Mersedes-Benz”, davlat raqami 01 Е 046 СВ).

Hurmatli haydovchilar! Yo’l harakati qoidalarini buzish YTHlarga sabab bo’lishi mumkin. O’zingizni va yaqinlaringizni ehtiyot qiling, yo’l harakati qoidalariga rioya qiling!