Birgina radar 3,5 soat ichida tezlikni oshirgan 112 ta transport vositasini aniqladi

Bu ko‘rsatkich bugun Yunusobod tumanidagi Toshkent avtomobil halqa yo‘lida o‘rnatilgan radar qurilmasi yordamida ro‘yxatga olingan. Mazkur yo‘lda ruxsat etilgan tezlik soatiga 70 kmni tashkil etgan.
Toshkent shahar IIBB tomonidan tezlikni belgilangan me’yordan oshirish qonunan ta’qiqlanishi haqidagi ogohlantirishlarga qarmay ko‘pchilik haydovchilar hamon yo‘llarda o‘zboshimchalik bilan tezlikni oshirib, harakat xavfsizligi qoidalarini buzib kelishmoqda.
Shuningdek, ruxsat yetilgan tezlik soatiga 50 kmni tashkil etuvchi belgi o‘rnatilgan Bog‘ishamol ko‘chasida 6 soat ichida 134 ta transport vositasi tezlikni me’yordan oshirib harakatlangan. Aniqlangan barcha qoidabuzarliklar haqidagi ma’lumotlar o‘rnatilgan tartibga binoan haydovchilarga pochta orqali yuboriladi.