23 Aprel 2022 Yil 1076

Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan YTH haqida ma'lumot

2022 yil 22 aprel' kuni taxminan soat 00:50 da Yunusobod tuman TXAY ko‘chasi, G.Abdullaev bekati qarshisida, haydovchi 1995 yilda tug‘ilgan D.R. “Nexia-3” rusumli, davlat raqam belgisi 10 E 507 WA bo‘lgan avtomashinani boshqarib ketayotib, yo‘l qatnov qismining belgilanmagan joyidan o‘tayotgan piyoda – 2002 yilda tug‘ilgan X.S.ni urib yuborgan.

Natijada, piyoda olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida VAFOT ETGAN. Marhumning oila a'zolariga hamdardlik bildiramiz.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech