IIBB yangiliklari:
Haydovchilar avtomobil kalitini o't oldirgichda qoldirmang!
23 Oktyabr 2021 Yil 611

Yunusobod tumani IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo'yicha inspektorlar yoshlar bilan uchrashishdi

Yunusobod tumani IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo'yicha inspektorlarning tashabbusi bilan 51-son maktab o'quvchilari bilan Davlat tili kuniga bag'ishlangan ijodiy uchrashuv o'tkazildi.
So'zga chiqqanlar o'zbek tili milliy tafakkurning bebaho xazinasi ekanligini va ona tilimiz, madhiya, bayroq va gerb kabi davlatimiz mustaqilliginining ramzi hisoblanishini qayd etishdi.
Tadbir davomida shuningdek davlat tomonidan yoshlar uchun taqdim etilayotgan imkoniyatlar haqida suhbat bordi. Аmmo qayd etilishicha, tashkil etilgan sharoitlarga qaramasdan, alohida o'smirlar ilm olishning o'rniga jinoyat yo'liga eltuvchi yo'lga kirmoqdalar. Bu toifadagi shasxlar bilan ichki ishlar organlari tomonidan tegishli ishlar olib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech