Sergeli tumanida ro'y bergan YTH haqida tezkor xabar
2021 yil 24-noyabr kuni taxminan soat 00:40 da Sergeli tumani Toshkent xalqa avtomobil yo'lida “Matiz” avtomobilini ishonchnoma asosida boshqargan 1998 yilda tug'ilgan D.I. yo'lni belgilanmagan joydan kesib o'tayotgan piyodani urib yuborgan.
YTH natijasida piyoda – 1982 yilda tug'ilgan K.Sh. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazildi, ammo shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramasdan, hayotdan ko'z yumdi. Marhumning yaqinlariga ta’ziya izhor etamiz.
Mazkur fakt asosida Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atildi. Tergov davom etmoqda.