IIBB yangiliklari:
Haydovchilar avtomobil kalitini o't oldirgichda qoldirmang!
20 Avgust 2021 Yil 7447

Yashnobod tumani Jarqoʼrgʼon koʼchasida sodir boʼlgan holat yuzasidan rasmiy maʼlumot

Joriy yilning 18 avgust kuni Yashnobod tumani IIO FMBga Jarqoʼrgʼon koʼchasida janjal boʼlayotganligi haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga yetib borgan profilaktika inspektori Z.Baimbetov 1978 yilda tugʼilgan K.Olga tomonidan tuman hokimiyati vakillariga qarshilik koʼrsatayotganligiga guvoh boʼlgan. Аniqlanishicha, “Jarqoʼrgʼon” mahalla fuqarolar yigʼini hududida “Obod mahalla” dasturi doirasida olib borilayotgan keng koʼlamdagi obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish ishlarida mahallada joylashgan noqonuniy qurilmalar buzilayotgan boʼlgan. Shu hududda istiqomat qiluvchi K.Olgaga tegishli boʼlgan garaj noqonuniy qurilganligi sababli olib tashlashi lozimligi haqida tuman hokimiyati tomonidan u bir necha marotaba ogohlantirilgan boʼlishiga qaramasdan, garajni oʼz ixtiyori bilan olib tashlamagan, hokimiyat vakillari tomonidan buzilishiga esa qarshilik koʼrsatib, ularni haqorat qilgan va janjal koʼtargan. Profilaktika inspektori tomonidan janjalni to’xtatish, jamoat tartibini saqlash, vaziyatni yumshatish va holatni toʼliq oʼrganish maqsadida K.Olgaga tinchlanishi aytilgan va mahalladagi tayanch punktga taklif etilgan. Biroq K.Olga IIO xodimining qonuniy talablarini bajarmasdan, unga faol qarshilik koʼrsatgan, atrofdagi fuqarolarni oʼziga jalb qilish maqsadida baqir-chaqir qilib toʼpolon koʼtargan. Shundan soʼng profilaktika inspektori K.Olgaga kuch ishlatib xizmat mashinasiga oʼtqazgan. K.Olgaga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 194-moddasi 1-qismi hamda 198-moddasi bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, oʼrnatilgan tartibda koʼrib chiqishlik uchun Jinoyat ishlari boʼyicha Yashnobod tuman sudiga yuborilgan.

Profilaktika inspektori ayol kishiga qoʼpol munosabatda boʼlganligi holati boʼyicha Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech