4 Июл 2022 йил 2088

“Yashil chiroq” musobaqasining Toshkent shahar bosqichi yakunlari sarhisob qilindi

Toshkent shahrida har yili an'anaviy tarzda maktab o‘quvchilari orasida “Yashil chiroq” musobaqalari bo‘lib o‘tadi. Bu yilgi “Yashil chiroq” musobaqasinining Toshkent shahar bosqichi poytaxtimizning 288-umumta'lim o‘rta maktabida o‘tkazildi.

Musobaqada poytaxtning tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan 11 ta jamoa kuch sinashdilar. Ishtirokchilar “Piyodalar harakati”, “Harakat nazorati”, “YTH jabrlanuvchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish”, “Yosh velosipedchi”, “YHQ bo‘yicha nazariy imtixon”, “YHQ tashviqoti” va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha bellashishdi.

Musobaqa yakunida Chilonzor tumanining 164-umumiy o‘rta maktabining “Burgutlar” jamoasi faxrli birinchi o‘rin sohibi bo‘lishdi. Ikkinchi o‘rin Olmazor tumanining 191-son maktab o‘quvchilari “Yashil chiroq” jamoasiga nasib etdi hamda uchinchi o‘ringa Yashnоbod tumanidagi 244-son maktab o‘quvchilari “Yosh posbonlar” jamoasi munosib deb topildi. Hamma g‘oliblar diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandi. Musobaqa g‘olibi bo‘lgan 164–umumta'lim o‘rta maktabi jamoasi musobaqaning keyingi Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.

Барча янгиликлар

Text to speech