3 Феврал 2022 йил 2053

Yunusobod tumanida yaqinda ro`y bergan YTH muhokamasi bo`lib o`tdi

Toshkent shahar IIBB YHXB hamda Yunusobod tumani IIO FMB rahbariyati va mas’ul xodimlari tuman aholisi bilan yo`l-transport hodisasini muhokama qildilar. Tadbirga mahalliy aholi, hodisa ishtirokchilarining qarindoshlari, profilaktika inspektorlari hamda boshqa bir qator idoralarning mas’ul xodimlari taklif qilindilar.
YTH 21-yanvar kuni taxminan soat 20.00 da Yunusobod tumanida ro`y berdi. Аmir Temur ko`chasida 18 yoshli haydovchi X.K. tegishli hujjatlarsiz “VOLKSWAGEN” avtomobilini boshqarib, piyodani urib yuborgan. YTH natijasida 59 yoshli T.M. badan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazildi. YTH sababi: haydovchining transport vositasini boshqarish tajribasi yo`q edi va u yo`l qismini tartibga solinmagan piyodalar o`tish joyidan kesib o`tayotgan piyodani ko`rmay qolgan.
Tadbir doirasida bu kabi holatlarning oldini olish bo`yicha choralar ko`rib chiqildi, YTH sabablari muhokama qilindi.
Ishtirokchilarga YHQga rioya qilmaslik oqibatlari va yo`l harakatining barcha ishtirokchilarining mas`uliyatlari eslatildi. Fuqarolar o`z navbatida barcha savollariga javob oldilar.
Yig`ilish yakuni bo`yicha yo`l harakati ishtirokchilari orasida YHQga rioya qilish madaniyatini shakllantirishga yo`naltirilgan profilaktik tadbirlarni kuchaytirishga qaror qilindi. 

Барча янгиликлар

Text to speech