Yangicha uslubdagi PPX avtomobillari xizmatga kirishdi

Toshkent shahar PPX avtomobillari ham yangi dizaynga ega bo‘ldi. Bu esa tizimda olib borilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarning bir qismi bo‘lib, Toshkent shahar ichki ishlar organlari xizmati sifat jihatidan yangi bosqichga qadam qo‘yayotganidan dalolat beradi. 

Hozirda PPX va YPX patrul xizmati faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qator tashkiliy masalalar ishlab chiqilmoqda. Ayni ko’rsatmalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 19 iyundagi “Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ham aniq belgilab berilgan.