IIBB yangiliklari:
Haydovchilar avtomobil kalitini o't oldirgichda qoldirmang!
21 Avgust 2021 Yil 2032

«Xavfsiz poytaxt” profilaktik tadbirlari davomida qurol saqlash bilan bogʻliq fakt aniqlandi

Olmazor tumani IIO FMB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boʻlimi xodimlari tomonidan tumanda olib borilgan profilaktik tadbirlar davomida ma’lum boʻlishicha, tumanda yashovchi 37 yoshli Otabek Sh. qurilish komplekslaridagi ta’mirlash ishlari vaqtida buzilgan devor orasida qurol topib, Toshkent viloyatilik tanishi 57 yoshli Xusan G.ga berib yuborgan.
Xusan G.ning uyi koʻzdan kechirilganda, xodimlar oʻqotar qurol - 1917 yilda ishlab chiqarilgan Nagan (7,62 mm) jangovar revolvyeri va 14 ta oʻq topishdi. Qurol va aslahalar ashyoviy dalil sifatida xolislar guvohligida olib qoʻyildi. Xusan G.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248 moddasi 1-qismi (“Qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish”) boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov oldi tekshiruvlari oʻtkazilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasiga koʻra (“Qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish”), mazkur jinoyatni sodir etgan shaxslarga nisbatan sud tomonidan 20 yilgacha qamoq jazosi qoʻllanilishi mumkin.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech