Go`yoki bedarak yo`qolgan haydovchilar allaqachon uylarida, o`z yaqinlari atrofidalar

“Farg`ona” xalqaro axborot agentligi tomonidan SOF.UZ sayti manba tariqasida havola qilingan holda “Toshkentda ikki oy ichida oltita haydovchi bedarak yo`qoldi” nomli maqola e’lon qilindi. Ushbu maqolada keltirilgan barcha shaxslarning yashash joylari aniqlandi. Jinoiy javobgarlikka tortilgan Dilmurod B. ismli fuqarodan tashqari, maqolada keltirilganlarning hammalari uylarida va yaqinlarining atrofidalar. Shaxzod A. va Sardor Sh. ismli fuqarolarning qayerda bo`lganliklari to`g`risida 17 iyul kunida e’lon qilingan ushbu manba orqali bilib olish mumkin.

Avvalroq, 2018 yilning 9 sentabrida Bositxo`ja B. ismli fuqaroning bedarak yo`qolganligi haqidagi xabar O`zbekiston Respublikasi IIVning rasmiy saytida e’lon qilingan edi. Ushbu fuqaro 2 sentabr kuni “Mersedes-Benz” rusumli avtomobilni vakolatnoma asosida boshqarib uyidan chiqib ketgan. 9 sentabr kuni esa uning qarindoshlari tomonidan Bositxo`janing bedarak yo`qolganligi haqidagi ariza topshirildi. Ammo Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan qidiruv bo`yicha choralar ko`rila boshlangach, Bositxo`ja B.ning turar joyi darrov aniqlandi. U 10 sentabr kuni, ya’ni ariza qabul qilinganidan deyarli bir necha soat o`tgach Sergeli tumanida topildi. Yigitga, uni onasi izlayotganligi tushuntirildi va shu kunning o`zida Bositxo`ja uyiga qaytdi. O`z qilmishining sababi esa “oilaviy tushunmovchiliklar” bo`lganligini bildirildi.

Ibrohim U. 1 sentabr kuni “Matiz” rusumli avtomobilida uyidan chiqib ketgan, uning yo`qolganligi haqidagi ariza esa uning qarindoshlari tomonidan 6 sentabr kuni topshirilgan. IIBB xodimlari Ibrohim U.ni 9 sentabr kuni Toshkent viloyati Ohangaron tumanida topishdi. 36 yoshli fuqaroni tushuntirishi bo`yicha, tanishlaridan qarzdor bo`lganligi va mast holatda avtomobil boshqarganligi uchun jarima to`lash zarurligi bois uyidan chiqib ketgan.

Dodoxon N. 9 avgust kuni “Nexia” rusumli xizmat avtomobilida ketib, yaqin qarindoshlari bilan ham va xizmatdoshlari bilan ham aloqaga chiqmagan. Dodoxon N. yo`qolganligi haqidagi arizani u ishlagan mas'uliyati cheklangan jamiyat rahbariyati 11 avgust kuni topshirdi. IIBB xodimlari Dodoxon N. shu vaqt ichida shaxsiy ishlari bilan Buxoro shahrida bo`lganligini aniqlashdi.18 avgust kuni esa Dodoxon o`z uyiga qaytib keldi.

Hurmatli jurnalistlar! “Keskin” mavzular bo`yicha maqolalar e’lon qilishdan oldin Toshkent shahar IIBB Axborot multimedia markazi bilan bog`lanib, ommaga tarqatmoqchi bo`lgan xabarlaringiz to`g`riligini va ularni eskirib qolmaganini aniqlab oling. Biz, faoliyatimizga foyda keltirish maqsadida qilingan konstruktiv tanqidga va berilgan ma’noli tanbehga tayyormiz. Reyting oshirish maqsadida tekshirilmagan ma’lumotni o`quvchilar va obunachilar orasida tarqatish bilan birovni, shu o`rinda o`zingizni obro`sizlantirasiz xolos.