Voyaga yetmaganlarning xorijga chiqishi yengillashdi

Hurmatli hamshaharlar!

Aholiga qulaylik yaratish maqsadida umumta’lim maktablari va boshqa ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan voyaga yetmagan shaxslarning chet elga chiqishiga ruxsat berish tartibi yengillashtirilganligini ma’lum qilamiz.

Agar bungacha voyaga yetmaganlarning chet elga chiqishi uchun to‘ldiriladigan ariza-anketalarga ular tahsil olayotgan o‘quv idoralari tomonidan muhr bosilishidan oldin, Xalq ta’limi shahar-tuman boshqarmalaridan ruxsatnoma olish shart bo‘lsa, endilikda ushbu ariza-anketalarning ular tahsil olayotgan ta’lim muassasasi rahbari tomonidan tasdiqlanishi kifoya qiladi. Bu esa ota-onalarni ortiqcha ovoragarchilikdan xalos etishga, vaqtini tejashiga ko‘mak beradi degan umiddamiz.

 

YANA BIR YANGILIK!

 

Hurmatli poytaxtimiz mehmonlari!

O‘zbekiston Respublikasiga 1 oygacha bo‘lgan muddatga vaqtincha yashash uchun kelgan xorijiy va MDHga a’zo davlatlar fuqarolari vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi.

Shu bilan birga, ushbu fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi hududida kirib kelgan kunidan boshlab 3 sutka ichida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tishi lozimligini ham eslatib o‘tamiz.

 

Asos:O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori. № 398. 29.05.2018 yil.