21 Sentyabr 2018 Yil 2642

Yo’l harakati xavfsizligiga tahdid solgan kortej haydovchilari ma’muriy javobgarlikka tortildilar

Bugun IIBB YHXB xodimlari tomonidan Bunyodkor ko’chasida 4 avtomobildan iborat kortej to’xtatildi. O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 129 moddasiga asosan “Range Rover” avtomobillari haydovchilari yo’l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi guruh bo’lib harakat qilishda qatnashganliklari uchun javobgarlikka tortildilar.

Hurmatli haydovchilar! Yo’l harakati xavfsizligiga rioya qiling! Nafaqat o’zingizni, balki yo’lovchilaringiz va yo’l harakatining boshqa ishtirokchilarining xavfsizligi sizning avtomobil boshqarish xulqingizga bog’liq.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech