IIBB yangiliklari:
Haydovchilar avtomobil kalitini o't oldirgichda qoldirmang!
1 Oktyabr 2021 Yil 1094

Haydovchi IIO xodimining qonuniy talabiga boʻysinmasdan, boshqa qoidabuzarliklar bilan holatni yanada ogʻirlashtirdi

Internet tarmogʻida “Toshkentda fuqarolar va YPX xodimlari oʻrtasida katta janjal sodir boʻlgani aytilmoqda” degan sarlavhali video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

2021 yil 30 sentabr kuni taxminan soat 23:00 da Chilonzor tumani Bunyodkor shoh koʻchasida Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimlari xizmat davomida qidiruvda boʻlgan (koʻplab toʻlanmagan jarimalari tufayli qidiruvga berilgan) “Nexia-2” avtomobilini (davlat raqami 01 967 MDA) koʻrib qolib unga jezl va hushtak yordamida toʻxtash haqida ishora berishdi. Ammo haydovchi 1997 yilda tugʻilgan Qashqadaryo viloyatilik Temur Ch. (shaxsi keyinroq aniqlandi) xodimning qonuniy talabiga boʻysinmasdan harakatni davom ettirdi.

Holat haqida ma’lumot ratsiya orqali boshqa xodimlarga yetkazildi. Shu bilan birga Toshkent shahar IIBB YHXB YPX 4-batalyoni 2-mobil guruhi komandiri mayor Rustam Ismoilov va YPX inspektori katta serjant Atabek Ismailovlar “Lacetti” (davlat raqami 01 783 VSC) xizmat avtomobilida qoidabuzar ortidan yoʻlga chiqishdi. Haydovchi YPX inspektorining toʻxtash haqidagi ishorasiga bo’ysunmasdan harakatni davom ettirgani sababli, uni majburan toʻxtatishga qaror qilindi.

Bunyodkor va Qatortol koʻchalari kesishmasida xodimlarning say harakatlari bilan “Nexia-2” avtomobili majburan toʻxtatildi. IIO xodimi avtomobilidan chiqishini kutgan Temur Ch. yana harakatni boshlab mayor R. Ismoilovni urib yubordi va yoʻl harakati qoidalarini buzib, piyoda va boshqa transportlar uchun xavf tugʻdirdi. Tez orada Toshkent shahar IIBB xodimlari qoidabuzar haydovchini toʻxtatishdi va boshqa og’irroq yo’l transport hodisasining oldi olindi.

Toʻxtatilgan avtomobilning yoʻlovchilari boʻlgan bir nechta ayollar chiqib YPX inspektorlari bilan janjal koʻtarishdi.

Haydovchi 24 yoshli Temur Ch. va uning yoʻlovchilari – Qashqadaryo viloyatilik 21 yoshli Shahzoda Ch., 39 yoshli Rayhon M., 44 yoshli Barnogul M. va 45 yoshli Bogʻdagul M.lar Chilonzor tumani IIIO FMBga yetkazildilar.

Mazkur holat boʻyicha O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi "g" bandi ("Bezorilik") bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi. 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech