21 Sentyabr 2018 Yil 2086

Velomarafon mingdan ortiq ishtirokchilarni jalb qildi

Bugun Toshkent shahrida “Biz – xavfsiz yo’l harakati tarafdorimiz” shiori ostida velomarafon o’tkazildi. Yo’l harakati xavfsizligi kuniga bag’ishlangan tadbirda tashkilotchilar sifatida IIV YHXBB, Toshkent shahar IIBB, hokimiyat va Yoshlar ittifoqi vakillari qatnashishdi. Tadbirda ishtirok etish niyatida bo’lganlar uchun hech qanday cheklov yo’q edi. Yagona talab – har bir ishtirokchida velosiped bo’lishi kerak. Natijada, Baynalminal ko’chasida o’tkazilgan velomarafonda yetti yoshdan yetmish yoshgacha bo’lgan 1 207 nafar fuqarolar qatnashishdi.

Tadbir ko’tarinki ruhda o’tdi, poytaxt IIBB xodimlari esa tadbir ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlash bilan bog’liq vazifalarini a’lo darajada bajarishdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech