Toshkentdagi ko'ngilochar markazlarida amaliy mashg'ulotlar o'tkazilmoqda

Avval xabar berganimizdek, Toshkent shahar hokimligi huzurida doimiy faoliyat yuritayotgan yong'in xavfsizligi, favqulodda vaziyatlar boshqarmalari va “O'zdavenergonazorat” shahar bo'limi vakillaridan iborat doimiy komissiya mutaxassislari tomonidan poytaxtimizda joylashgan ko'ngilochar-savdo majmualari va shunga o'xshash boshqa obyektlar rahbar xodimlariga ushbu binolarda yong'in xavfsizligi profilaktik tekshiruvlarini o'tkazish taklifi bildirildi.

Bugun, 28 mart kuni Vazirlar Mahkamasining “Yong'inlar profilaktikasi kunlarini o'tkazish va yong'in xavfsizligi choralarini kuchaytirish to'g'risida”gi qaroriga muvofiq, Toshkentdagi 4ta: «Next», «Samarqand Darvoza», «Mega Planet» va «Magnit» ko'ngilochar-savdo majmualari va markazlarida Toshkent shahar YoXB va FVB tomonidan ushbu obyektlar xodimlari uchun yong'in vaqtida to'g'ri harakatlanish, fuqarolarni tezkor evakuatsiya qilish choralarini ko'rish va yong'in o'choqlarini bartaraf etish bo'yicha amaliy mashg'ulotlar o'tkazildi.