Toshkent shahrida 7 kun ichida 9870 marta tezlik oshirilganligi holatlari qayd etildi

Toshkent shahar IIBB YHXBning Yo’l harakati qoidalariga rioya qilish to’g’risidagi va shahar ko’chalarida tezlik oshganlik holatlarini qayd etadigan qurilmalar borligi haqidagi ogohlantirishlariga qaramasdan, ba'zi haydovchilar aynan katta tezlikda harakatlanish yo’l transport hodisalariga olib kelishini unutadilar. Natijada 7 sentabr kunidan 13 sentabr kunigacha bo’lgan muddat ichida mobil (ko’chma) radarlar tomonidan shahar ko’chalarida 9870 ta tezlik oshirilganligi faktlari qayd etildi. Masalan, 7 sentabr kunining o’zidayoq 523, 12 sentabr kuni esa 520 marta tezlik oshirilganligi holatlari qayd etildi. 13 sentabr kuni esa radarlar 690 marta tezlik oshirilganligi fatklarini qayd etdilar.

Hurmatli haydovchilar! Yo’l harakati qoidalariga rioya qiling, tezlikni oshirmang! Yodingizda tuting, nafaqat o’zingizni, balki yo’lovchilaringiz va yo’l harakatining boshqa ishtirokchilarining hayoti va sog’lig`i sizning avtomobil boshqarish xulqingizga bog’liq.