Keksa kishiga tan jarohatlari yetkazgan “Matiz” haydovchisiga nisbatan jinoiy ish qo’zg’atildi

Ijtimoiy tarmoqlarda yosh erkak kishi metal anjom bilan “Gazel” rusumli avtomobil oynalarani sindirayotgan holat aks etgan video tarqaldi. Shuni xabar qilamizki, joriy yilning 12 sentabr kuni taxminan soat 10.30 da Chilonzor tumani Bunyodkor ko’chasida “Gazel” rusumli avtomobil haydovchisi 60 yoshli Baxtiyor T. ismli fuqaro hamda 27 yoshli Shoxruh E. ismli “Matiz” haydovchisi mushtlashganlar. Haydovchilarning bir-biriga yo’l bermaganligi ushbu janjalga sabab bo’lgan. Natijada haydovchilar bir-birlariga tan jarohatlari yetkazishib, ikkala haydovchi ham tibbiy yordamga muhtoj bo’lib qolishgan. Yaqin atrofda bo’lgan ichki ishlar xodimi janjallashayotgan kishilarni bas qilishga va kelishmovchilikni qonun doirasida hal qilishga undagan.  Biroq “Matiz” haydovchisi ichki ishlar xodimining undoviga quloq solmadi. Bundan tashqari, u “Gazel” haydovchisiga tashlanishni davom etib metal anjom bilan uning avtomashinasi oynalarini sindirgan. Ushbu fakt bo’yicha Chilonzor tuman IIO FMB qoshidagi tergov bo’limi tomonidan Shoxruh E.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277 moddasi 3 qismi (“Bezorilik”) asosida jinoiy ish qo’zg’atildi.