Hurmatli toshkentliklar va poytaxtimiz mehmonlari!

Fuqarolarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida, Toshkent shahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va uning tuman bo‘limlari 26 maydan e’tiboran soat 08:00 dan xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. 

Toshkent shahar IIBB 2018 yil 1 iyuldan biometrik bo‘lmagan fuqarolik pasportlarining amal qilmasligi hamda buning uchun ma’muriy javobgarlik belgilanganligini ma’lum qiladi. Sizdan o‘z vaqtida pasportlaringizni almashtirishni so‘raymiz.