Hurmatli toshkentliklar va shahrimiz mehmonlari!

Noyabr oyi ham kirib keldi, oldinda – qish mavsumi. Taqdir taqozosi bilan uy-joy va hujjatlarsiz qolgan insonlar yordamga muhtojdirlar. Ularga birinchi navbatda boshpana kerak. Toshkent shahar IIBB Muayyan yashash joyiga ega bo’lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazi qiyin ahvolda qolgan odamlarga boshpana berishga qodir. Agarda uy-joyi va hujjatlari bo’lmagan biror kimsani uchratsangiz, profilaktika inspektoriga, 102 raqami orqali yoki bevosita Markazga ushbu telefon raqamlari orqali xabar bering: +998983670708 (Markaz boshlig’i Odil Botirov), +998983660107 (Markaz boshlig’i o’rinbosari Shuhrat Baratov).