Hurmatli fuqarolar hamda tashkilot, korxona va muassasalarning rahbarlari

Ob-havoning keskin sovub ketishi natijasida gaz hamda elektr isitish moslamalaridan foydalanishga boʻlgan extiyoj ortib boradi. Bunday paytlarda ayrim fuqarolarning extiyotsizligi oqibatida koʻngilsiz xodisalar sodir boʻlishi mumkin.

Mazkur xodisalarni oldini olish maqsadida gaz va elektr uskunalaridan hamda isitish moslamalaridan foydalanishda quyidagi yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilishingizni soʻraymiz:

  • qoʻlbola va nosoz gaz hamda elektr isitish moslamalaridan foydalanmang;
  • isitish moslamalaridan foydalanishda ularni ishlab chiqargan korxonaning tavsiya va yoʻriqnomasi talablariga rioya qiling;
  • isitish moslamalari yaqinida yonuvchan buyum va oson alangalanuvchi maxsulotlarni saqlamang;
  • gaz uskunalarni ulash tartib qoidalariga rioya qiling;
  • agarda gaz xidini sezsangiz, chiroq va uchqun chiqaruvchi moslamalardan aslo foydalanmang, darxol xonani shamollating xamda gaz xizmatiga xabar bering;
  • isitish pechlari va ularning moʻrilarini sozligiga eʼtibor bering;

Yongʻin xavfsizligi qoidalarga rioya etish bilan Siz oʻzingiz va yaqinlaringizni yongʻindan asrab qolgan boʻlasiz.