Mashina o‘g‘risi qarindosh bo‘lib chiqdi

Uchtepa tumanida transport vositasi olib qochildi. Ma'lum bo'lishicha, 9 iyul kuni soat 02.31da Chilonzor tumani 24-daha, 55-ko'p qavatli uyda yashovchi Izzat.T.ga tegishli "Volga 31029" rusumli avtomobil shu uyning oldidan o'g'irlab ketilgan.

Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida jinoyat tezda fosh etildi. Avtomobil o'g'risi begona emas, jabrlanuvchining qarindoshi bo'lib chiqdi. 1977 yilda tug'ilgan, muqaddam sudlangan, shu uyda yashovchi Rustam.Yu mashinaning ochiq va qarovsiz qoldirilganidan foydalanib, og'zida bo'lgan kalit yordamida o't oldirib, voqea joyidan yashiringan. Ichki ishlar xodimlari tomonidan qo'lga olingan Rustam.Yu ga nisbatan hozirda jinoyat ishi qo'zg'atilgan.