O’zbekiston mototsiklchilari Muayyan yashash joyiga ega bo’lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazini kelib ko’rishdi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Muayyan yashash joyiga ega bo’lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlarining faoliyatini tashkil etish to’g’risidagi qarori chop etilganiga olti oy bo’ldi. Ushbu yo’nalishda olib borilayotgan ishlar Toshkent shahar IIBB rasmiy saytida, ijtimoiy tarmoqlarda va ommaviy axborot vositalari orqali yoritilib borilmoqda. Bu yerda boshpana va hujjatlarsiz qolgan insonlarga to’liq ijtimoiy-huquqiy va ma’naviy yordam beriladi. Birinchi navbatda ularning shaxsi aniqlanib, ijtimoiy maqomlariga oydinlik kiritiladi: ya’ni, haqiqatda ham ushbu shaxs biror xonadonda ro’yxatdan o’tgan-o’tmaganligi, qarindoshlari va uy-joyi bor yoki yo’qligi aniqlanadi. Ushbu shaxslarni fuqarolik pasportlari bilan ta’minlash choralari ko’riladi. Bugungi kunga qadar fuqarolik pasportlari bilan 264 nafar kishi ta’minlandilar. Tibbiy ko’rikdan o’tkazilgach, muolajaga muhtoj shaxslar ixtisoslashtirilgan tibbiyot maskanlariga yo’naltiriladilar. Tibbiy yordamdan tashqari malakali psixologik yordam ham beriladi.

IIBB tashabbusi bilan markazga joylashtirilgan shaxslarning mehnatga layoqatli qismi turli tashkilot va korxonalar tomonidan ishga qabul qilindi va bundan tashqari, bevosita markaz hududida qo’ziqorin o’stirish bilan shug’ullanishadi. Reabilitatsiya markazi va unga joylashtirilgan shaxslarga yordam berishda Toshkent shahar xokimiyatining o’rni alohida ahamiyat kasb etadi. Shahar ma’muriyati reabilitatsiya markaziga ikkita kir yuvish mashinasi, shaxsiy gigiena vositalari va xonalarni tozalash uchun vositalar yetkazib berdi. Shuningdek, markazda yashovchilarga muntazam ravishda kiyim-kechak yetkazib bermoqda. Toshkent shahar xokimiyati bir qator xususiy firmalar bilan hamkorlikda Markazda 450 kishiga mo’ljallangan zarur sharoitlarg ega turar joy qurib bitirdi.

Markazda yashovchi shaxslarga ko’mak berishda ko’ngillilarning hissalari katta. Ular markazga kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlari va kitoblar yetkazib turishadi. O’tgan shanba kuni O’zbekiston mototsiklchilari reabilitatsiya markazida yashovchilardan xabar olishdi. Tashabbuskorlar o’zlari bilan ayollar va erkaklar uchun issiq kiyimlar, tibbiyot xodimlari bilan maslahatlashgan holda markazga zarur bo’lgan dori vositalarini olib kelishdi va ular uchun bayram oshi tashkil qilishdi. Shu bilan birga, markazda yashovchi o’n nafar shaxslarga tantanali ravishda fuqarolik pasportlari topshirildi. Toshkent shahar IIBB boshlig’i o’rinbosari polkovnik Tashxodjayev Doniyor, “Qo’yliq ota” masjidi faxriy imomi hamda Toshkent motoklublari a’zolari markazda yashovchilarga ezgu tilaklar bildirishdi. 

Reabilitatsiya markazida yashovchilarga har tomonlama yordam berish to’g’risidagi chaqirig’imiz hozirgacha amalda. Uy-joy va moddiy ta’minotsiz qolgan shaxslar normal hayot tarziga qaytishlarida ko’makka muhtojlar. Bininchi navbatda, ishga joylashish bilan birga, ularga ham ma’naviy ham ruhiy yordam zarur. Shuningdek, Markaz – yangi yoki foydalanishga yaroqli kiyim-kechaklar, gigiena vositalari (sovun, shampun, kir yuvish kukuni, tish pastasi va shetka, taroq va sochiqlar), oziq-ovqat mahsulotlari (shakar, tuz, o’simlik yog’i va h.k) va bo’sh vaqtdan unumli foydalanish uchun kitoblar, shashka, shaxmat va h.k qabul qiladi.

Toshkent shahar IIBB Markazda madaniy-ommaviy tadbirlar – konsert, adabiyot kechalari, mini-spektakllar va shuningdek, yakka va guruh bilan birgalikda psixologik treninglar o’tkazmoqchi bo’lgan tashabbuskorlarga imkoniyat yaratib beradi.

Markaz manzili: Toshkent sh., Yashnobod tumani, Chashma ko’chas, 3. Telefonlar: +998983670708 (Markaz boshlig’I Odil Botirov), +998983660107 (Markaz boshlig’I o’rinbosari Shuhrat Baratov).