28 Iyul 2018 Yil 4111

Maqsad – muammolarni aniqlash va yechimini topishda yordam berish

2018-yilning 27-iyuldan 28-iyul sanasiga o‘tar kechasi Toshkent shahrida olib borilgan tungi patrullash tadbirlari vaqtida 8 nafar ayol fohishalik bilan shug‘ullanishda gumonlanib qo‘lga olingan. O‘rganish ishlari natijasida aniqlanishicha, ularning bari avval ham O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 190 moddasi (Fohishalik bilan shug‘ullanish) bilan javobgarlikka tortilgan bo‘lgan.

Tadbir davomida ayollarning shaxsi, turar joyi va ro‘yxatdan o‘tgan manzili aniqlandi hamda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Bundan tashqari, yengil tabiatli ayollar bilan suhbatlar o‘tkazildi. Muloqot chog‘ida bu yo‘lga kirib qolishlariga sabab bo‘lgan omillar va ularni qiynab kelayotgan muammolari o‘rganildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech