Toshkent shahar IIBB Axborot multimedia markazining axboroti

Bugun, 14 маy kuni soat 8:30 da Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasiga Chilonzor tumani Zargarlik ko‘chasida №94-yo‘nalish bo‘ylab  harakatlanayotgan avtobusning yonib ketgani haqidagi xabar kelib tushdi. Soat 8.34 da voqea joyiga o‘t o‘chirish xizmatining jangovar jamoasi yetib bordi. 

Soat 8.42 da yo‘ng‘in to‘liq bartaraf etilgan. Qurbonlar va jarohat olganlar yo‘q. Yo‘ng‘in kelib chiqishiga yoqilg‘i tizimida yuzaga kelgan nosozlik tahmin qilinmoqda va hozirda tekshiruv ishlari olib borilmoqda.