Toshkent shahar Axborot multimedia markazi xabar qiladi

Hurmatli Toshkentliklar va shahrimiz mehmonlari!

“Yoshlar kuni“ munosabat bilan joriy yilning 30 iyun kuni Toshkent shahar Mirobod tumanida “Marafon-2018“ tadbiri o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan 30 iyun, soat 8:00 dan 11:00 ga qadar Temiryo‘lchilar va G.Aliyeva ko‘chalarida avtotransportlar harakati vaqtincha cheklanishini ma’lum qilamiz.

Marafonga soat 8:00 da Temiryo‘lchilar ko‘chasida joylashgan AYOQSH oldida start beriladi.

Barcha xohlovchilarni ushbu marafonda ishtirok etishga taklif etamiz!