IIBB yangiliklari:
Haydovchilar avtomobil kalitini o't oldirgichda qoldirmang!
29 Sentyabr 2021 Yil 1060

Tezkor xabar

Internet tarmogʻida “Qorasaroy” turar-joy majmuasi yaqinida noma’lum shaxs avtomobiliga 5 yoshli bolani oʻtqizmoqchi boʻlgani haqida ovozli xabar tarqamoqda. Ushbu ma’lumot tekshirildi va yolgʻon xabar ekanligi ma’lum boʻldi. Toshkent shahri hududida bola oʻgʻriligi bilan bogʻliq fakt qayd etilmagan.
Hurmatli fuqarolar! Ijtimoiy tarmoqlarda, messenjerlarda, internet-maydonda har soniyada turli xil xabarlar tarqaydi. Ehtiyot boʻlish zarurligi haqida ogohlantirishlar hech qachon ortiqcha boʻlmaydi. Farzandlaringizga shirinlik taklif qilib, notanish podyezdga, uyga kirish, begona avtomobilga minishga chorlovchi begonalardan ehtiyot boʻlishni oʻrgating.
Ammo tekshirilmagan ma’lumotni tarqatish toʻgʻri emasligini ham unutmaslik darkor. Eslatib oʻtamiz, bu kabi ishlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 202-2 moddasida (“Yolgʻon axborot tarqatish”) va Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-6 moddasida (“Yolgʻon axborot tarqatish”) javobgarlik koʻzda tutilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech