IIBB yangiliklari:
Haydovchilar avtomobil kalitini o't oldirgichda qoldirmang!
29 Sentyabr 2021 Yil 3044

Tezkor xabar

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta maktab o‘quvchilarining o‘zaro janjallashayotganligi aks etgan video tarqalmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Joriy yilning 28 sentabr kuni 94-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9 va 10-sinf o‘quvchilari va 145-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchilari Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali o‘zaro gap talashib qolishgan. So‘ng ular shu kuni taxminan soat 13.20 larda Toshkent shahar Mirobod tumani Amir Temur ko‘chasida uchrashib munosabatlarni hal qilishmoqchi bo‘lishgan. Mazkur uchrashuvga 20 nafarga yaqin maktab o‘quvchilari kelishgan va ularning bir nechtasi o‘rtasida janjal boshlangan. 

Holatdan xabar topgan hududiy profilaktika inspektorlari Yo‘ldashbekov Abuzoxid va Isamuxamedov Timurlar zudlik bilan voqea joyiga etib kelishgan va ularning aralashuvi bilan katta mojaroning oldi olingan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda, natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinadi. 

Hurmatli fuqarolar! Agarda siz bir nechta fuqarolar, xususan voyaga etmaganlar o‘zaro tortishayotganligining guvohi bo‘lsangiz, darhol ularni ajratishingizni va 102 raqamiga xabar byerishingizni so‘raymiz. Bu bilan siz, arzimas mojarodek tuyulgan bahs-munozara jiddiy oqibatlarga olib kelishini oldini olishga o‘z hissangizni qo‘shgan bo‘lasiz.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech