27 Noyabr 2021 Yil 3971

Tezkor xabar

Internet tarmog'ida “Bugun Yunusobodda masjidlardan biridagi bo'lgan holat ekan” sarlavhali video tarqaldi. Mazkur fakt boʼyicha quyidagilarni ma’lum qilamiz.
26-noyabr kuni Yunusobod tumanida o'tkazilgan juma namozi davomida imom-xatib bir yigit Islomni qabul qilib, musulmon bo'lmoqchi ekanligini ma’lum qildi. So'ng yigitga so'z berildi. U jamoaga rus tilida murojaat qildi. Ko'pchilik uning so'zlarini to'g'ri tushundi, ammo bir erkak holatga norozilik bildirishni boshlagan. Masjid jamoasi uni ko'chaga olib chiqdilar. Maʼlum bo'lishicha ushbu shaxs – 41 yoshli А. ismli shaxs bo'lib, ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasasida hisobda turar ekan. Keyinchalik u tibbiyot muassasasiga davolanish uchun joylashtirildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech