IIBB yangiliklari:
Haydovchilar avtomobil kalitini o't oldirgichda qoldirmang!
27 Sentyabr 2021 Yil 2880

Tezkor xabar

Joriy yilning 27 sentabr kuni soat 21.15 larda Toshkent shahar Mirzo Ulugʼbek tumani Shaxrisabz va Mustaqillik ko'chalari kesishmasida 1989 yilda tug'ilgan J.S. boshqaruvidagi Kobalt rusumli davlat raqami 01 K 370 PB boʼlgan transport vositasi 1986 yilda tug'ilgan R.А. boshqaruvidagi Matiz rusumli davlat raqami 01 R 409 RA bo'lgan transport vositasi bilan to'qnashuv sodir etdi.

To'qnashuv natijasida Matiz rusumli transport vositasi haydovchisi tan jarohati oldi va unga tibbiy yordam ko'rsatildi.

Dastlabki maʼlumotga ko'ra yo'l trasnport hodisasi sodir etilishiga sabab - transport vositalari harakatlanish chog'ida svetoforning taqiqlovchi belgisiga rioya etmagan.

Hurmatli haydovchilar! Yo'l harakati qoidalariga qatʼiy rioya etishingizni, svetoforning taqiqlovchi belgisiga amal qilishingizni soʼraymiz.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech