26 Noyabr 2021 Yil 4385

Tezkor xabar

Internet tarmog`ida 18 yoshli talabaning vafoti to`g`risida xabar tarqaldi. Mazkur fakt bo`yicha quyidagilarni ma'lum qilamiz.

25-noyabr kuni taxminan soat 13.00 da Turin politexnika universitetining darvozasi yonida bir nechta yosh yigitlar uchrashishgan. Kelishmovchilik natijasida 18 yoshli A.R. (talaba emas) 18 yoshli Sh.R.ning (Turin politexnika universiteti talabasi) yuziga musht bilan urgan. Zarba natijasida Sh.R. yerga yiqilgan va yetgan shikastlar oqibatida hayotdan ko`z yumgan. Mazkur fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi ("Qasddan badanga og`ir shikast yetkazish") bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi. Gumonlanuvchi qo`lga olindi, tergov davom etmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech