16 Noyabr 2021 Yil 2986

Tezkor xabar

Internet tarmog'ida tarqalgan “Аhmoqlikning chegarasi yo'q. Katta ko'chada, yo'lni o'rtasida cho'milayotgan bu bola kimni erkatoyi bo'ldi?” sarlavhali video bo'yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Mirzo-Ulug'bek tumanidagi maktablardan birining o'quvchilari 17 yoshli T.S. va O.M.lar Buyuk ipak yo'li ko'chasining avtomobillar harakati qismida bo'la turib, hazil uchun video tushirishgan. Videoda T.S. o'zining ustiga bir chelak suvni sepgan. Mazkur fakt asosida o'smirlar va ularning ota-onalari bilan profilaktik suhbat o'tkazildi. Ota-onalarga farzand tarbiyasi borasidagi majburiyatlari, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 47-moddasi (“Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik”) mazmun va mohiyati tushuntirildi.
Yuqorida moddalar asosida tegishli hujjatlar to'planib, Mirzo-Ulug'bek tumani Voyaga yetmaganlar masalalari bo'yicha idoralararo komissiyasiga qonuniy chora ko'rilishi uchun yo'naltirildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech