5 Январ 2022 йил 2387

Tezkor xabar

2022-yil 2-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Mercedes Benz E 200” rusumli avtomobil haydovchisi yo`lning qatnov qismida xavfli holatni yuzaga keltirgan holda “drift” qilayotgani aks etgan video tarqaldi. 

Ushbu holat 2022-yil 1-yanvar kuni taxminan soat 02.10 da Chilonzor tumanida 35 yoshli B.L. tomonidan, “Mercedes Benz E 200” rusumli avtomobilda sodir etilgan. Ushbu holat yuzasidan B.L.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 128-moddasiga prim.5 2-qism muvofiq bayonnoma rasmiylashtirildi.
Hurmatli haydovchilar! Yo`l harakati qoidalariga rioya qiling. O`zingiz va o`zgalar hayotini xavf ostiga qo`ymang. 

Барча янгиликлар

Text to speech