6 Феврал 2022 йил 5278

Tezkor xabar

Internet tarmogʻida “Qoʻyliqda maski-shou???” sarlavhali video tarqalib, unda muallif ichki ishlar organlari xodimlari xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilib fuqarolarga nisbatan jismoniy kuch ishlatayotganlari haqida xabar bergan. 

Mazkur fakt boʻyicha quyidagilarni ma’lum qilamiz. Ushbu xabar haqiqatdan yiroqdir. 2021-yil 31-dekabr kuni huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, poytaxt aholisi va mehmonlarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar IIBB patrul-post xizmati xodimlari Toshkentda “Xavfsiz poytaxt” konseptsiyasi doirasida profilaktik tadbirlar oʻtkazdilar. Xodimlar aholiga nisbatan kuch ishlatmaganlar, hech kimga badan shikastlari yetmagan. 

Fuqarolardan ma’lumotlarni rasmiy manbalardan olishlarini iltimos qilamiz.

Notoʻgʻri xabarlarni tarqatish javobgarlikka sabab boʻlishi mumkin. 

Mazkur fakt boʻyicha Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan qoʻshimcha tekshiruv oʻtkazilmoqda.

Барча янгиликлар

Text to speech