4 Oktyabr 2021 Yil 679

Tezkor xabar

Kecha, 3-oktabr kuni soat 22.13 da Toshkent shahar FVV Yongʻin xavfsizligi boshqarmasining favqulodda xizmati raqamiga Chilonzor tumani “Bogʻizor” MFYda joylashgan 59-son koʻp qavatli uyda yongʻin kelib chiqqani haqida xabar kelib tushdi.
Voqea joyiga yetib kelgan xodimlar tomonidan aniqlanishicha, gazning sirqib chiqib ketishi yuz berib, bu portlashga sabab boʻlgan. Jabrlanganlar yoʻq. 17 ta xonadonlar ahliga moddiy zarar yetkazildi.
Portlashning taxminiy sababi: gaz moslamasidan gaz-havo aralashmasining sirqib chiqib ketishi.
Mazkur fakt boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “B” bandi (“Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish”) boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Tekshiruv olib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech