24 Sentyabr 2021 Yil 3149

Tezkor xabar

Ijtimoiy tarmoqlarda Uchtepa tumanidagi janjal aks etgan video yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.
Joriy yilning 12 sentyabrь kuni Uchtepa tumani Chilonzor-15 mavzesida yosh bolalar oʼzaro janjallashib qolgan. Ularni ajratishga chiqqan yaqinlari 51 yoshli Liliya Ya., uning qizi 26 yoshli Diana I. va 32 yoshli Barnoxon R., uning turmush oʼrtogʼi 40 yoshli Jamshid R. lar oʼrtasida esa mojaro yuzaga kelgan. Kattalar bir-birini haqorat qilib, jamiyatda yurish turish qoidalarini buzishgan.
Shundan soʼng Liliya Ya. Uchtepa tumani IIO FMBga ariza bilan murojaat qilgan. Uning arizasi yuzasidan oʼtkazilgan tekshiruv natijasi boʼyicha Liliya Ya., Diana I., Barnoxon R., Jamshid R.larga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksning 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va hujjatlar qonuniy qaror qabul qilishlik uchun tuman sudiga taqdim etilgan.
Shuningdek, oʼzaro janjallashgan bolalardan hech kim sud tibbiy ekspertizadan oʼtmaganligini maʼlum qilamiz.
Hurmatli shahrimiz aholisi va mehmonlar! Siz oʼz harakatlaringiz bilan bolalarga oʼrnak boʼlasiz, ularga namunasiz. Farzandingiz kelajakda yaxshi inson boʼlib kamolga yetishi uchun avvalo oʼzingizni tarbiyalashdan boshlang. Qonunlarni, jamiyatda yurish-turish qoidalarini hurmat qilishda, ularga rioya etishda farzandingizga namuna boʼling!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech