131-avtobusning yonib ketishiga doir

Bugun, 29 avgust kuni soat 20.17 da Toshkent shahar IIBB YXB kuch va vositalarini boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga 12-avtobus korxonasiga qarashli boʻlgan 131-yoʻnalishdagi “Mersedes Benz Low Conecto” avtobusining yonib ketgani haqida xabar kelib tushdi. Voqea Olmazor tumanidagi Ziyolilar bekati oldida yuz bergan. Yongʻin soat 20.26da bartaraf etilgan. Oqibatda avtobusning dvigatel boʻlinmasiga ziyon yetgan. Taxminlarga koʻra, bunga avtotransport vositasining yoqilgʻi tizimidagi nosozlik sabab boʻlgan. Qurbonlar va jarohatlanganlar yoʻq.

Oʻz navbatida Toshkent shahar IIBB YOXB avtokorxonalar rahbarlari va haydovchilarini transport vositasining texnik holatiga eʼtibor qaratishlarini va nosoz avtobuslarni yoʻnalishga qoʻymasliklarini hamda yongʻin xavfsizligi qoidalariga amal qilishlarini soʻrab qoladi.