IIBB yangiliklari:
Haydovchilar avtomobil kalitini o't oldirgichda qoldirmang!
24 Noyabr 2021 Yil 491

Shifo izlab kelgan odam telefon o'g'risi bo'lib chiqdi

Olmazor tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko'ra, 21-noyabr kuni taxminan soat 10.00 da 29 yoshli Xusniddin N. dorixonaga xaridor sifatida kirib, dorixona egasi 26 yoshli Muhammad Y. chalg'iganidan foydalanib, kassa yonidagi stol ustdan 2.600.000 so'mlik mobil telefonni o'g'irlab ketgan. Mazkur fakt asosida O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi ("O'g'rilik”) bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atildi. Ko'rilgan choralar natijasida gumonlanuvchi shu kunning o'zida qo'lga olindi. Tergov davom etmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech